Adana Adıyaman Afyon Ağrı Aksaray Amasya Ankara Antalya Ardahan Artvin Aydın Balıkesir Bartın Batman Bayburt Bilecik Bingöl Bitlis Bolu Burdur Bursa Çanakkale Çankırı Çorum Denizli Diyarbakır Düzce Edirne Elazığ Erzincan Erzurum Eskişehir Gaziantep Giresun Gümüşhane Hakkari Hatay Iğdır Isparta İstanbul İzmir K.Maraş Karabük Karaman Kars Kastamonu Kayseri Kırıkkale Kırklareli Kırşehir Kilis Kocaeli Konya Kütahya Malatya Manisa Mardin Mersin Muğla Muş Nevşehir Niğde Ordu Osmaniye Rize Sakarya Samsun Siirt Sinop Sivas Şanlıurfa Şırnak Tekirdağ Tokat Trabzon Tunceli Uşak Van Yalova Yozgat Zonguldak
İstanbul °C

Prezident yosh futbolchilar va soha mutaxassislari bilan fikr almashdi

Prezident yosh futbolchilar va soha mutaxassislari bilan fikr almashdi
REKLAM ALANI
06.08.2023
A+
A-

Prezident yosh futbolchilar va soha mutaxassislari bilan fikr almashdi

.2023

Davlatimiz rahbari Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilyotgan Futbol boʼyicha milliy terma jamoalar markazini borib koʼrdi.

Bu markaz Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFА) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Hozirda 8 ming oʼrinli stadion qurilgan. Yana 7 ta mashgʼulot maydoni, plyaj futboli maydoni, futzal maneji, basseyn, reabilitatsiya majmuasi va yotoqxonalar qurilishi rejalashtirilgan.

Soha mutasaddilari bilan suhbatda milliy futbolimizga xorijdan malakali texnik direktor olib kelish, futbol tuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Qoraqalpogʼiston, Qashqadaryo, Jizzax, Namangan va Toshkentda mintaqaviy bazalar tashkil qilish, murabbiylar maktabini takomillashtirish boʼyicha topshiriqlar berildi.

Prezident yoshlar orasida futbolni yanada ommalashtirish, ularga sharoit yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

– Oʼzbekistonda futbol eng sevimli sport turi. Har oʼnta odamdan toʼqqiztasi uning muxlisi desa boʼladi. Bu ommaviylikdan foydalanib, futbolni tubdan rivojlantirish kerak. Masalan, yurtimizda 10 mingta maktab bor, 208 ta tuman-shahar bor. Xoʼsh, maktab, mahalla, jamoalarda futbol qanday boʼladi? Ikkinchidan, futbolga mehr qoʼygan bolalar oʼz yoʼlini topishi uchun nima qilishimiz kerak? Uchinchidan, yoshlar futboldan ketgandan keyin nima bilan shugʼullanadi, ularga qoʼshimcha kasb-hunar berishni ham oʼylash zarur, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari yosh futbolchilar bilan ham suhbatlashdi.

– Xalqimizning sportga mehri kuchli. Аyniqsa, futbol «oilaviy doʼstimiz». Milliy terma jamoamiz oʼyinlarini hammamiz gʼurur, faxr, hayajon bilan kuzatamiz. Sizlar oilada ota-onangizning farzandi boʼlganingiz bilan maydonda xalqimizning farzandisizlar. Аna shuni doim yodda tuting, – dedi Prezident.

Futbolchilarda Vatan tuygʼusini shakllantirish muhimligi ham taʼkidlandi.

– Futbolchilar dunyo kezadi, chet el jamoalarida oʼynaydi. Ular Oʼzbekiston tarixini, sharoitlarini yaxshi bilishi kerak. Ular bizning elchilarimiz, bolalarga namuna, – deya taʼkidladi davlat rahbari.

Futbol tibbiyoti va reabilitatsiyasini jahon yutuqlari asosida rivojlantirish masalalari ham koʼrsatib oʼtildi.

 

kaynak:https://president.uz/oz/lists/view/6528

REKLAM ALANI
YORUMLAR

Henüz yorum yapılmamış. İlk yorumu yukarıdaki form aracılığıyla siz yapabilirsiniz.